"Barselona" "Chelsi"ning iqtidorli futbolchisini tarkibga qo‘shib oldi
"Barselona" "Chelsi"ning yosh futbolchisi Tudor Mendel-Idovu bilan shartnoma imzoladi.
Nigeriyalik hujumchi "ko‘k-anorranglilar" bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Qayd etish lozim, Tudor o‘ng qanot vingeri hisoblanadi. Uning tezkorligi va dribling qobilyati ancha yaxshi shakllangan.
U yangi mavsumni "Barselona B" jamoasi safida o‘tkazishi kutilyapti.

Fikrlar