"Barselona" Chempionlar ligasida rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor kecha “Barselona” EChL 1/4 final javob bahsida o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
E’tiborlisi, shu kuni kataloniyaliklar Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonlarida urgan gollari sonini 100tadan oshirib olishdi. Aniqrog‘i, ularning “Kamp Nou”da kiritgan gollari 102taga etdi.
Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Barselona” ko‘hna qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasida o‘z maydonida 100tadan ko‘p gol urgan ilk jamoaga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Ernesto Valverde shogirdlari yarim finalda “Portu” hamda “Liverpul” juftligiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar