"Barselona" darvozaboni jamoadan ketishni istamayapti
Kataloniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Yasper Silessen o‘zining Frank de Bur boshqarayotgan “Kristal Pelas”ga o‘tish borasidagi xabarlarga quyidagicha fikr bildirdi.
“Men Frank bilan gaplashmadim. Agar u menga qo‘ng‘iroq qilsa, albatta unga javob beraman. Biroq, mening “Kristal Pelas”ga o‘tmasligim aniq. Chunki, “Barselona”da hamma narsa meni qoniqtiryapti”, - deydi gollandiyalik futbolchi Football Espana nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Silessen “Barselona” safiga bundan roppa rosa bir yil muqaddam Amsterdamning “Ayaks” klubidan kelib qo‘shilgan edi.



Fikrlar