"Barselona" Dembelening qachon safga qaytishini ma’lum qildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Usmon Dembele jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 21 yoshli frantsuzning son mushaklari shikastlangan. Shifokorlarning aytishicha uning safga qaytishi uchun taxminan bir oy talab etiladi.
Eslatib o‘tish lozimki, Dembele kecha “Lion”ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsida jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar