"Barselona" Felishni 20 millionga sotib olmoqchi. Qanday qilib?
Joau Feliks "Barselona"da yana kamida bir mavsum qolishi mumkin.
Yarim himoyachi "Atletiko"dan 2024 yilning yoziga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga olingan.
"Diario Sport" xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" madridliklar talab qiladigan 80 million evro evaziga portugaliyalikni sotib olishga qurbi etmaydi. Shu munosabat bilan, Feliksni yana ijaraga olish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Biroq sotib olish optsiyasi bilan. Ayni shu holatda "Atletiko" so‘ralgan summani sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Rahbariyatning fikricha, yangi kelishuv bo‘lgan taqdirda ular Feliksni 20 million evroga sotib olishlari mumkin.
Muqobil variant - shartnomaga "Barselona"ga unchalik kerak bo‘lmagan, ammo "Atletiko"ga yoqadigan futbolchilarni kiritish.
Qayd etish lozim, futbolchining o‘zi "Atletiko"ga qaytish niyatida emas.
Fikrlar