
"Barselona" futbolchisi "Inter"ga o‘tadi
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
27 yoshli futbolchi xizmatlariga "Inter" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun Milan klubi begona emas. U 2017/18 mavsumni "neradzurrilar" safida ijarada o‘tkazgan edi.
Joriy mavsumni "Selta"da o‘tkazgan braziliyalik futbolchining transfer summasi 16 million evroga baholanmoqda. Oldinroq, yarim himoyachi Lautaro Martines transferining bir qisimiga aylanishi haqida xabar qilingan edi.
Rafinya ispan klubi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar