
"Barselona" futbolchisi "Sampdoriya"ga ko‘chib o‘tdi
"Barselona" tarbiyalanuvchisi "Sampdoriya"ga yo‘l oldi.
"B Seriya"ga yo‘l olgan Italiya klubi "ko‘k-anorranglilar" vingeri Estanis Pedroluni 3 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Jurnalist Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, "Barsa" uning 50 foiz transfer huquqini o‘zida saqlab oldi. Katalon grandi 2025 yilda Pedrolani 7 million evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega.
O‘tgan mavsumda Pedrola "Barselona B" safida 3 divizionning 23 o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgan.
Fikrlar