"Barselona" futbolchisini PSJga taklif qildi

  • 08.08.2023 09:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" katta transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Buning uchun kimdir klubni tark etishiga to‘g‘ri keladi. Jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasida Ansu Fati ham bor. 

"RMC Sport" nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar Dembele uchun bo‘layotgan muzokaralar jarayonida 21 yoshli vingerni PSJga taklif qilib ko‘rdi va rad javobini oldi. 

Avvalroq, Fabritsio Romano Ansuni bir nechta APL klublari kuzatib borayotganini ta’kidlagandi. Yoz oxirigacha uning kelajagi hal bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!