"Barselona" hujum chizig‘ini super hujumchi bilan kuchaytiradi

  • 2 iyun, 2022, 17:41
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" o‘z hujumini kuchaytirish uchun bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklarning asosiy nishoni Robert Levandovski hisoblanadi. Ammo polshalik forvardning "Bavariya" bilan bir yillik shartnomasi bor. Shu bois, bu kelishuv amalga oshmaslik ehtimoli yuqori.

Agar Levandovski La Ligaga ko‘chib o‘tmasa, "ko‘k-anorranglilar" bor e’tiborini "Chelsi" a’zosi Romelu Lukakuni sotib olishga qaratadi. O‘z navbatida, belgiyalik futbolchi ham o‘zini boshqa jamoada sinab ko‘rishga qarshi emas. U londonliklar safidagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti.

29 yoshli Lukaku mavsum avvalida "aristokratlar" tarkibiga "Inter"dan kelib qo‘shilgandi. Uning transferi 85 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хасанов Сахобиддин
04/06/2022 08:21
Супер эмиш