“Barselona” ikki himoyachisini yo‘qotdi

  • 04.03.2026 19:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya Kubogidan chiqib ketish "Barselona" uchun "Atletiko"ga qarshi oʻyinidagi yagona yoqimsiz xabar boʻlmadi.

"Barsa" javob oʻyinida 3:0 hisobida gʻalaba qozondi, ammo bu finalga yoʻl olish uchun yetarli boʻlmadi. Shuningdek, "Barselona" jarohatlar tufayli 2 nafar himoyachisini yoʻqotdi.

Uchrashuv startida Jül Kunde jarohatlandi. Uning oʻrniga Alehandro Balde maydonga tushdi, ammo u ham oʻyinni yakunlay olmadi. 71-daqiqada jarohat olgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi oʻrniga Ronald Arauho maydonga tushdi.

Birlamchi tekshiruvlar Kataloniya klubi oʻyinchilarida tizza osti paylari bilan bogʻliq muammolarni aniqladi, deb xabar beradi AS. Agar Kundening jarohati unchalik jiddiy koʻrinmasa, Balde bir necha hafta safdan chiqqan boʻlishi mumkin. "Barselona"ning yaqin taqvimi oʻta murakkab - chempionatda "Atletik" maydoniga safar, YEChL 1/8 finalining dastlabki oʻyini “Nyukasl” maydonida, "Sevilya"ni qabul qilish va oʻz maydonida "qarğalar"ga qarshi ikkinchi bahs.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!