
"Barselona" Luis Suaresning o‘rnini Luis Suares bilan to‘ldirmoqchi
"Barselona" klubi jarohat olgan Luis Suaresning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi hujumchi qidirishda davom etmoqda.
Kataloniyaliklar "Saragosa" forvardi Luis Suaresga qiziqish bildirmoqda. "ko‘k-anorranglilar" 22 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan muzokara o‘tkazishga ham ulgurgan.
Transfer oynasi yopilganiga qaramay, "Barsa" La Ligadan futbolchi sotib olish imkoniyatiga ega, ammo Suares aslida "Uotford" futbolchisi hisoblanadi va "Saragosa"da ijara asosida to‘p suradi. Bu esa vaziyatni Kataloniya klubi uchun murakkablashtiradi.
Fikrlar