
“Barselona” Maskeranoni futbolga qaytarmoqchi
Yaqinda professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Xaver Maskerano sobiq klubi “Barselona”dan taklif oldi.
Kataloniyaliklar Jerar Pike jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani aniq bo‘lgach, argentinalik futbolchiga aloqaga chiqdi. Biroq, Maskerano “Barselona” mutasaddilarining futbolga qaytish taklifini qabul qilmadi.
Maskerano 2010-2018 yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Keyin Xitoy chempionatda to‘p tepgan mashhur himoyachi yurtiga qaytib, faoliyatini “Estudiantes” jamoasida yakunladi.
Fikrlar