
"Barselona" Messining qarorini kutmoqda
"Barselona" vitse-prezidenti Rafa Yuste yana bir bor hujumchi Lionelm Messining qaytishi haqida gapirdi.
“Muxlis sifatida Leoning “Barselona”ga qaytishini istardim. Undan "Barselona" uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdorman. Bunday chiroyli hikoya yaxshi yakunlanishi kerak. Messi qaytsa klubdagi hamma xursand bo‘ladi. Ammo barchasi uning qaroriga bog‘liq", - deydi Rafaning gaplarini keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.
Messi "Barselona" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Lionel 2005 yildan 2021 yilgacha asosiy jamoada o‘ynagan.
Ayni damda argentinalik futbolchi PSJ safida to‘p surmoqda. Uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.
Fikrlar