"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!

  • 11 aprel, 14:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Barselona" vingeri Lamin Yamal klub bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolaydi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" va Yamal o‘rtasida og‘zaki kelishuv mavjud. Unga ko‘ra, futbolchi 18 yoshga to‘lganidan keyin shartnoma uzaytiriladi. Joriy mavsumda 17 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Laminning Kataloniya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali Yamalning narxini 180 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!