
“Barselona” muxlislariga yoqadigan yagona xabar
Dunyo ommaviy axborot vositalarida “Barselona” etakchisi Lionel Messining klubdan ketishi haqidagi xabar keng taralmoqda.
Ayniqsa, shov-shuvli xabarlari aksariyat vaziyatlarda to‘g‘ri chiqadigan Esporte Interativo nashri jurnalisti Marselo Bexlerning Messi ketishi haqida “Barselona” rahbariyatini ogohlantirgani haqidagi ma’lumot kataloniyaliklarga muxlislik qiladiganlarni ancha tashvishga solib qo‘ydi.
Bu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Mundo Deportivo nashri klubdagi o‘z manbalarini ishga soldi. Biroq ular klub boshqaruvi vakillaridan hech biri Messi bilan futbolchining shu yozda ketishi haqida gaplashmaganini ta’kidlamoqda.
Messining shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi. Uning badal puli 700 million evroga baholangan.
Fikrlar