"Barselona" Olimpiada yulduzi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 10 avgust, 2024, 13:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlaridagi futbol turnirida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan 21 yoshli yarim himoyachi Fermin Lopes bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Sport.Es" xabar bermoqda.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi Lopesning Olimpiada o‘yinlaridagi harakatlaridan so‘ng, unga boshqa klublardan qiziqish kuchayishidan xabardor. Ta’kidlanishicha, "Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham Lopesning Olimpiadadagi o‘yin darajasini yuqori baholagan.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi Ispaniya Olimpiya terma jamoasi safida "Parij-2024" futbol turnirida 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!