
“Barselona” portugaliyalik futbolchini sotib oldi? Bema’nilik
"Barselona" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning transferi borasida kelishib olgani yo‘q. Jurnalist Jonatan Smit o‘zining ijtimoiy tarmoqlarigi sahifasi orqali bu mish-mishlar "bema’nilik" ekanligini ta’kidladi.
Avvalroq Silva 55 million evro evaziga "Barselona"ga o‘tishi xabar qilingandi. Shu bilan birga, bir necha hafta oldin “Manchester Siti” futbolchini 80 milliondan bir evroa ham kamga sotmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Silva ham "Barselona"ga o‘tishga tayyor edi, ammo "Manchester Siti" ushbu transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham “shaharliklar”ni norozi qilib, jamoani tark etishni istamayapti. Shu bois, u klublarni bir qarorga kelishini kutishga majbur.
Fikrlar