“Barselona”: U bu pulga arzimaydi!

  • 8 sentabr, 2020, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” aroentinalik hujumchi Lautaro Martines transferi bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlay olmadi.

Kataloniyaliklar evrokuboklardan keyin “Inter” hujumchining narxini pasaytirishini kutgan edi. Biroq, italiyaliklar “Barselona”ga Lautaro 111 million evrodan kamiga sotilmasligini yana bir karra ma’lum qildi.

Kataloniyaliklar esa pandemiya davrida bu darajadagi katta mablag‘ni to‘lay olmayapti va Lautaroning transfer narxi haddan ziyod oshirib ko‘rsatilganini ta’kidlamoqda.

“Inter” Lautaro Martinesni bundan ikki yil muqaddam Argentinaning “Rasing” klubidan 25 million evroga sotib olgandi. O‘tgan mavsumda 23 yoshli hujumchi 35 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va uchta golli pas oshirdi. “Barselona” uning o‘rniga transfer summasi ancha arzon bo‘lgan “Lion” vakili Memfis Depayni  olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!