"Barselona" UEFAga rasmiy shikoyat yubordi
"Barselona" klubi rasmiy bayonot berib, YEChL 1/4 finalida "Atletiko"ga qarshi oʻyinda yuz bergan holatlar boʻyicha UEFAga rasmiy shikoyat yoʻllanganini maʼlum qildi.
Klub bayonotida taʼkidlanishicha, hakamlik amaldagi qoidalarga mos kelmagan va bu oʻyinning borishi hamda yakuniy natijasiga bevosita taʼsir koʻrsatgan.
Shikoyat asosan 54-daqiqadagi epizodga qaratilgan. Unda raqib jamoa futbolchisi oʻz jarima maydonida toʻpni qoʻli bilan ushlaganiga qaramay, penalti belgilanganmagan. "Barselona" bu qarorni jiddiy xato deb hisoblamoqda va VAR tizimining aralashmaganini ham keskin tanqid qilgan.
Klub ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazishni, hakamlar oʻrtasidagi muloqotlarni ochiqlashni hamda xato qarorlar rasm an tan olinishini talab qildi.
Shuningdek, bayonotda qayd etilishicha, bu soʻnggi yillardagi ilk holat emas. "Barselona" fikricha, Chempionlar ligasidagi ayrim tushunarsiz hakamlik qarorlari jamoaga salbiy taʼsir koʻrsatib, teng sharoitda raqobat qilish imkoniyatini cheklamoqda.
Fikrlar