"Barselona" "Valensiya" hujumchisiga qiziqib qoldi
"Valensiya" forvardi Rodrigo "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 28 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Aytish lozimki, Rodrigoning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum “Valensiya” safida La Ligada 26ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar