
“Barselona” yana bir yulduzdan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati Ronald Kuman davrida jamoaga olib kelingan niderlandiyalik hujumchi Memfis bilan xayrlashishga tayyor.
Xavi Ernandes kataloniyaliklar jamoasini qabul qilib olganidan keyin avvalgi bosh murabbiy olib kelgan o‘yinchilarning aksariyatiga javob berib yubormoqda. “Lion”dan erkin agent sifatida o‘tgan Memfis ham bundan mustasno emas.
Hozircha, niderlandiyalik to‘purarga “Yuventus”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti. Ronaldu ketganidan keyin ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan Massimiliano Allegri Depayni ham orzusidagi transferlar ro‘yxatiga kiritgan.
“Barselona” murabbiylar shtabi Depayga etarlicha o‘yin amaliyoti bermasligini ma’lum qilgan. Ular hujumda jarohatidan tiklangan Ansu Fati va “Manchester Siti”dan qimmatga olingan Ferran Torresga ishonch bildiradi.
Fikrlar