“Barselona” yoki “Atletiko” — Ronaldu uchun so‘nggi imkoniyat

  • 11.07.2022 10:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik jurnalist Nunu Luj hamkasblari bilan bo‘lgan suhbatda hamyurti Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirdi.

Luj “Marca” nashriga bergan intervyusida 37 yoshli hujumchi hozirda “Manchester Yunayted”dagi holatdan mamnun emasligini, shuning uchun o‘ziga boshqa klub qidirayotganini aytdi. Jurnalistning ta’kidlashicha, Ronaldu "Barselona"dan tashqari "Atletiko" Madridga ham o‘tishi mumkin. “Matraslichlar” Krishtianuga  qiziqish bildirgani rasman tasdiqlanmagan. Ammo bunga bir necha sabablar bor. Nununing qo‘shicha qilishicha, katta ehtimol bilar Ronaldu yozda Manchesterdan ketadi va Kataloniya hamda Madrid grandlari forvard uchun so‘nggi imkoniyat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynash uchun "qizil iblislar"ni tark etish niyatida. Qolaversa, mankunianliklarning yozgi transfer vaqtida amalga oshirgan xaridlari ham futbolchini qanoatlantirmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!