"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Krasnodar"ga o‘tishi mumkin

  • 09.08.2019 15:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning "Betis" klubi yarim himoyachisi Kristiana Telo faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Estadio Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Barselona" tarbiyalanuvchisiga “Krasnodar” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. “Buqalar” 27 yoshli ispaniyalik futbolchini jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan Viktor Klasson munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ma’lumot uchun, Telo “Betis” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 74ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Tovon puli esa 12 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!