"Barselona"ning sobiq futbolchisi quyi divizion jamoasi bilan shartnoma imzoladi

  • 20.01.2023 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kamerunlik yarim himoyachi Vilfrid Kaptum nufuzi jihatidan Ispaniyada ikkinchi o‘rinda turadigan Segunda etakchilaridan biri “Las-Palmas”ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda "sariq-ko‘klar"ning rasmiy sayti xabar bermoqda.

27 yoshli kamerunlik futbolchi 2008 yildan 2017 yilgacha Kataloniyaning "Barselona" klubi tizimida bo‘lgan. 2015 yildan 2017 yilgacha "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida o‘ynagan. Uning so‘nggi ish joyi esa AQShning “Nyu-Inglend Revolyushn” klubi bo‘ldi.

Kaptum va "Las-Palmas" o‘rtasidagi shartnoma joriy mavsum oxiriga qadar imzolangan. Agar futbolchining o‘yinlari ma’qul kelsa, rahbariyat ushbu kelishuvni yana ikki mavsumga uzaytirish huquqiga ega.

Aytish kerakki, Segundaning joriy mavsumida "Las-Palmas" La Ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun faol kurash olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!