"Barselona"ning sobiq himoyachisi faoliyatini "Krasnodar"da davom ettirishi mumkin

  • 16.07.2019 14:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiyaning "Krasnodar" klubi Chempionlar ligasidagi debyut ishtiroki oldidan o‘zining o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.

"EkSport" telegram kanali tarqatgan xabarga ko‘ra krasnodarliklarning e’tibori "Sevilya" himoyachisi Aleish Vidalga tushgan. 

Ta’kidlash kerakki, “Barselona”ning sobiq a’zosi o‘tgan mavsum andalusiyaliklar safida bor yo‘g‘i 21ta o‘yinda ishtirok etdi. U barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ham jamoasini o‘zgartirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga Moskvaning “Lokomotiv” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 4 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!