
"Barselona"ning transferga qo‘yadigan 5 ta futbolchisi aniq
"Barselona" rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoaning hozirgi tarkibida keskin o‘zgarishlar qilmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar mavsumlar oralig‘ida himoyachilar - Xunior Firpo va Samuel Umtiti, yarim himoyachilar - Ivan Rakitich va Arturo Vidal hamda hujumchi Usmon Dembeleni transferga qo‘yadi.
“Ko‘k-anor ranglilar” yakunlangan mavsum La Ligada 2-o‘rinni egallashdi va EChLda chorak finalda kurashni to‘xtatdi.
Fikrlar