"Bavariya" 60 millionga yulduz futbolchini sotib oldi!
Myunxenning "Bavariya" klubi yozda jamoani tark etadigan David Alaba o‘rniga yangi himoyachi sotib oldi. "Leyptsig"ning yulduz himoyachisi Dayo Upamekano yozda Evropaning amaldagi chempionlari safiga borib qo‘shiladigan bo‘ldi.
Futbolchi yangi klubi bilan 2026-yil iyuniga qadar shartnoma imzolagan. U bu mavsumni "Leyptsig" safida yakunlaydi, yangi mavsum esa "Bavariya" safida boshlanadi.
Frantsiyalik futbolchining tarnsferidan "Leyptsig" 60 million evro ishlab oladi. Tomonlar bu borada kelishuvga erishgan.

Fikrlar