"Bavariya" APLdan hujumchi topdi
"Aston Villa" fubolchisi Olli Uotkins mavsum so‘nggida klubni tark etishi mumkin. U grand jamoaga o‘tishni istamoqda. "Mirror" nashri xabar berishicha, "Bavariya" hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Myunxenliklarning asosiy maqsadi - yozda top hujumchi sotib olish. Klub Uotkinsdan tashqari, Xarri Keyn transferiga ham qiziqmoqda.
27 yoshli futbolchi uchun mavsu ajoyib tarzda o‘tmoqda. U "Aston Villa" tarkibida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar