“Bavariya” “Barsa” yulduziga dahshatli maosh va’da qildi
“Bavariya” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Barselona”dan ketishga yaqin turgan Usmon Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
L'Equipe nashri Kataloniya klubining moliyaviy ahvoli frantsiyalik hujumkor futbolchi so‘rayotgan maoshni ko‘tara olmasligini ta’kidlamoqda. Myunxenliklar bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, bir necha mavsumdan beri Bundesliga chempionligini hech kimga bermay kelayotgan “Bavariya” 25 yoshli futbolchiga kataloniyaliklardan ko‘ra yaxshiroq shartnoma taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, Usmon Bundesliga grandiga qo‘shilsa, to‘rt yillik bitim va har mavsum uchun 18 million evrodan maosh oladi.
Shu o‘rinda, Dembelega yana bir qudratli xaridor borligini unutmaslik lozim. PSJ Usmonni Frantsiyaga qaytarish uchun boshqa barcha klublardan ko‘proq to‘lashga tayyor.

Fikrlar