“Bavariya” jiddiy qaror qabul qiladigan payt keldi

  • 05.03.2026 10:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Myunxenning “Bavariya” klubida Manuel Noyerning kelajagi bo‘yicha mavhumlik saqlanib qolmoqda. Klub ichidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli darvozabon joriy mavsumdan keyin faoliyatini davom ettiradimi yoki yakunlaydimi — bu hozircha aniq emas.

Noyerning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hozircha uni uzaytirish bo‘yicha rasmiy kelishuv yo‘q. Qaror mart oyi oxiriga qadar qabul qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Klub rahbariyati ikki variant – yana bir mavsumga shartnomani uzaytirish yoki tajribali posbonning faoliyatini yakunlashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. So‘nggi yillardagi jarohatlar va yosh omili ham bu masalaga ta’sir o‘tkazadi.

Agar Noyer faoliyatini tugatsa, “Bavariya” jamoasi yosh darvozabon Jonas Urbigni asosiy tarkibga tayyor variant sifatida ko‘rmoqda.

Hozircha yakuniy qaror yo‘q, vaziyat 50 ga 50 deb baholanmoqda. Klub va futbolchi yaqin haftalar ichida rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!