"Bavariya" Laymer bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 26.06.2026 21:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" himoyachisi Konrad Laymer klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, 29 yoshli avstriyalik futbolchi Myunxen klubi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan yangi bitimni imzolaydi. Bu haqida yaqin kunlarda rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Yangi shartnomaga ko'ra, Laymer soliqlar ushlanishidan oldin bonuslar bilan birga yiliga 10 million evrodan ortiq maosh oladi.

Konrad Laymer o'tgan mavsum Bundesligada 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!