"Bavariya" Levandovskining narxini ko‘tardi

  • 29.06.2022 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi polshalik hujumchi Robert Levandovskining narxini 75 million evroga oshirdi, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Avvalroq nemis klubi futbolchi uchun 60 million evro talab qilgandi. Hujumchi uchun asosiy da’vogar "Barselona" bo‘lib turibdi, ammo kataloniyaliklar uning uchun 40 million evrodan ko‘p to‘lay olmaydi. Polsha terma jamoasi sardoriga PSJ va "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

33 yoshli Levandovski o‘tgan mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!