
"Bavariya"ga qarshi bahs oldidan "Bayer"ning muhim futbolchisi safdan chiqdi
"Bayer"ning asosiy futbolchilaridan biri Florian Virts to‘pig‘idan jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqdi.
Jamoaning 21 yoshli yarim himoyachisi Bundesliganing 25-tur doirasida "Verder"ga qarshi o‘yinning 52-daqiqasida jarohatlandi. Raqib jamoa futbolchisi Mitchell Vayzer yakkama-yakka kurashda uning o‘ng oyog‘iga zarba berdi.
To‘qnashuvdan so‘ng Virts o‘rnidan tura olmadi va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda yarim himoyachi Germaniya chempionatidagi 25 ta o‘yinda 9 ta gol urib, 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar