
"Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan PSJda jiddiy yo‘qotish bor
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jarohati sabab "Bavariya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Frantsiyalik futbolchi Liga 1 ning 21-turidan o‘rin olgan "Monpele"ga (3:1)ga qarshi bahsda tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi.
"L'Equipe" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasining 1/8 finalida ishtirok etishi so‘roq ostida.
Mbappe bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Fikrlar