"Bavariya"ning sobiq futbolchisi endi Mourino qo‘l ostida o‘ynaydi

  • 7 avgust, 2020, 14:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsum APLda 11-o‘rinda egallagan "Sautgempton" yarim himoyachisi Per-Emil Xeyberg faoliyatini Angliyaning boshqa bir jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

25 yoshli daniyalik futbolchining o‘yinlarini endi "Tottenxem"da kuzatamiz. The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shporlar” Xeybergning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. London klubi uni xarid qilish uchun 17 million evro sarflaydi.

Endi Per-Emil "Tottenxem" safida Tangi Ndombelening o‘rnini egallashi kutilmoqda. Boisi, bosh murabbiy Joze Mourino frantsiyalik futbolchini o‘zining yangi mavsum rejalariga kiritmayapti.

Per-Emil Xeyberg "Sautgempton"ga 2016 yil "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!