Baxtiyor Ashurmatov "Buxoro"ni tark etdi

Bizga ma’lum bo‘lishicha, mavsum avvalida jamoani o‘z qo‘liga olgan Baxtiyor Ashurmatov qoniqarsiz natijalar sabab klubni tark etgan. 43 yoshli mutaxassis Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida "Surxon"dan uchralgan (0:1) mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqishi mumkinligini istisno etmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, buxoroliklar ortda qolgan 8 turdan so‘ng Superligada 6 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turishibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ronaldo Junior
15/05/2019 09:10
AGMKda qolgani ma`qul edi
Husan Sodiqov
14/05/2019 23:02
Endi borib Neftchida ishlasa kere yana 4 oydan keyin yana eski ish o‘rniga qaytib kelaveradi ????