Bekxemning jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi!

  • 18 yanvar, 2021, 22:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Everton» va «Manchester Yunayted» klublari sobiq futbolchisi Fil Nevill AQShning «Inter Mayami» klubiga bosh murabbiy bo‘ldi.

Tecno

43 yoshli angliyalik mutaxassis bunga qadar Angliya ayollar terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi, ammo MLS klubidan tushgan taklifdan so‘ng u terma jamoa bilan shartnomasini bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» angliyalik mashhur futbolchi Devid Bekxemga tegishli hisoblanadi.

“Men Filni “Yunayted”dagi akademiyada tahsil olgan paytlarimdan taniyman. Bizda umumiy futbol DNKsi bor, bizni eng yaxshi murabbiylar tarbiya qilgan va mana shu qadriyatlarni klubimizda ko‘rishni istardim.

Fil bilan ishlagan yoki o‘ynagan har bir kishi uning tug‘ma etakchi ekanligini biladi va men hozir uni taklif qilish uchun to‘g‘ri vaqt deb o‘ylayman”, - dedi Bekxem.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!