
Bellingem "Borussiya"da qolishi mumkin
"Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemni bir nechta top klublar o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi. Nemis jamoasi esa ushbu transferdan 150 million evro ishlab olmoqchi. Aynan mana shu sabab ham yarim himoyachi uchun kurashdan "Liverpul"ning chiqib ketdi. Ispaniyaning bir qator nashrlari 19 yoshli inglizni "Real"ga o‘tishiga ishonmoqda. Bundan tashqari, PSJ ham uni sotib olmoqchi.
Bellingem so‘nggi qarorni chiqargani yo‘q. Mavsum esa deyarli tugab bormoqda. Futbolchi qaysi klubga o‘tishi hozirga kelib aniq bo‘lishi kerak edi. "Times"ning ma’lumotlariga ko‘ra, Jud yana bir mavsum "Borussiya"da qolishi mumkin. Yarim himoyachi faoliyatini qaerda davom ettirishini hal qilganidan keyin jamoani tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Bellingemning dotmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Uning ketishiga klub qarshi emas, biroq "Borussiya" angliyalikning narxini ko‘tarishda davom etmoqda.
Fikrlar