
Bellingem endi “Real”ga yordam bera olmaydi
Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumidayoq, jamoani mamlakat chempioni va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga hissa qo‘shgan Jud Bellingem endi madridliklarga ma’lum muddat yordam bera olmaydi.
Angliyalik hujumkor futbolchi elkasidagi jarohatini operatsiya qildirishi lozim. U jarrohlik stoliga yotsa, mavsumning startini o‘tkazib yuboradi.
The Athletic nashrining yozishicha, Bellingem o‘tgan yili muhim o‘yinlarni o‘tkazib yubormaslik va Evropa chempionatida qatnashish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslik uchun og‘riqqa chidab o‘ynashga majbur bo‘lgan.
Endi bu muammoni to‘liq hal qilish kerak. Bellingemning operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi uch oy vaqt olishi taxmin qilinmoqda.
Fikrlar