
Bellingemning narxi "Real"ni qo‘rqitib yubordi
"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jud Bellingem Evropa grandlari orasida talash bo‘lmoqda.
"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" katta ehtimol bilan ingliz vunderkindi uchun kurashdan deyarli chiqdi. Bunga "asalarilar" rahbariyati talab qilayotgan katta mablag‘ sabab bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, dortmundliklar o‘z futbolchisini 150 million evrodan kamiga sotmoqchi emas, "qaymoqranglilar" esa bu pulni to‘lashga qodir bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq, 19 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" hamda "Liverpul" jamoalaridan qiziqish borligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar