Bellingemning “nozik nuqtasi” bormi?

  • 5 noyabr, 2023, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozgi transferlar vaqtida “Borussiya”dan transfer qilingan Jud Bellingemning nozik tomonlari haqidagi savolga javob qaytardi.

Tecno

- Hozirgacha uning kamchiliklari ko‘ringani yo‘q. U yanada o‘sishi shart emas, bunaqa yuqori saviyada o‘ynayotganda eng muhim jihat barqarorlikni saqlab qolishdir.

Aynan mana shu xususiyat buyuk futbolchilarni boshqalardan ajratib turadi.

Hozircha, Jud buni uddalayapti. Shuningdek, uning to‘p bilan va to‘psiz ishlash mahoratini ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bellingemning jismoniy tayyorgarligi yuqori darajada, aslida uning xarakteristikasidagi o‘yinchilarda shunday ham bo‘lishi kerak, - dedi Karlo Anchelotti.

Jud Bellingem “Real”ga ko‘chib o‘tganidan keyin jamoaning haqiqiy etakchisi va to‘purariga aylandi. Madridliklarning bugungi kundagi g‘alabalari ko‘p jihatdan 20 yoshli angliyalik o‘yinchining harakatlariga bog‘liqdir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!