
Beppe Marotta: "Inter" Eriksen transferini tezroq yakunlashga umid qilmoqda
"Inter" sport ishlari bo‘yicha direktori Beppe Marotta "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen transferi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yashirmayman, "Tottenxem" bilan muzokara o‘tkazyapmiz. Eriksenning shartnoma muddati 30 iyunda yakuniga etadi, qonun bo‘yicha u bilan ham bu mavzu bo‘yicha muzokaramiz davom etmoqda.
Transefer oynasi juma kuni yopiladi, shu sabab ushbu kelishuvni tezroq yakunlashga harakat qilyapmiz", - deydi Marotta.
Fikrlar