Berluskoni: "Milan"ni sotishga majbur bo‘lganman, sababi...

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya sobiq bosh vaziri va “Milan” klubi sobiq prezidenti Silvio Berluskoni nima sababdan jamoasini xitoylik investorlarga sotib yuborganini ochiqladi.

“Bunday qarorni qabul qilish biz uchun og‘ir edi, biroq, ortiq bu zayilda davom eta olmasdik. Neft ishlab chiqaruvchilar futbolga kirib kelishgach, futbol monopoliyaga aylanib qoldi. “Milan”ni yana avvalgi o‘rniga qaytarish uchun esa qimmatbaho futbolchilarni sotib olish va ularga katta maosh to‘lash kerak edi. Shu bois men xitoylik jentelmenga jamoani sotishga majbur bo‘ldim. Chunki, aynan u jamoaga 250 mln evro sarmoya kiritishga, ulkan transferlarga qo‘l urishga va “Milan”ni yana avvalgidek kuchli qilishga va’da berdi. Lekin yozda amalga oshirilgan transferlar bu alohida mavzu”, - deydi Berluskoni.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” A Seriyaning o‘tgan 11 turidan so‘ng musobaqa jadvalida 8-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!