
Bernardu: Bu qoida bilan "Real"ni mag‘lub etgan bo‘lardik
Bernardu Silvadan mehmondagi gol qoidasining bekor qilinishi futbolga qanday ta’sir o‘tkazganligi haqida so‘rashdi.
"Bilmayman, javobim yo‘q. Aytaylik, agar safardagi gollar qoidasi hamon bo‘lgan, biz bu mavsum "Real"ni mag‘lub etgan bo‘lardik. Biroq bir necha mavsum avval "Tottenxem"ga yutqazganmiz.
Nima uchun bu qoida olib tashlanganligini bilaman. Hozir jamoalar ancha xotirjam harakat qilishyapti. Avvalari klublar o‘z maydonlarida gol o‘tkazib yubormaslik fikri bilan to‘p tepishgan va bu o‘yinga foyda keltirmagan. Endi jamoalar faolroq kurash olib bormoqda", - dedi "shaharliklar" futbolchisi.
Fikrlar