
"Beshiktosh" Kariusni muddatidan avval "Liverpul"ga qaytarib yubormoqchi
"Beshiktosh" klubi "Liverpul"dan ijaraga olingan darvozabon Loris Kariusdan tezroq qutulmoqchi.
Takvim nashrining yozishicha germaniyalik posbon ko‘plab xatolari bilan rahbariyat va murabbiylar shtabining toqatini toq qilgan. Shu bois turk klubi Karius bilan tuzilgan shartnomani muddatidan avval bekor qilib, uni “Liverpul”ga qaytarib yubormoqchi.
Ma’lumot uchun, Karius joriy mavsum “Beshiktosh” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 16 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar