Beyl futbolchilik faoliyatini tiklashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

  • 29 aprel, 2023, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Garet Beyl futbolchilik faoliyatini qayta tiklashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Men futboldan tashqari hayotdan zavqlanyapman. Men futbolni erta yoshda boshladim va uni yakunlash vaqt keldi deb o‘yladim. Hozirgi hayotimdan mamnunman”, - dedi uelslik futbol yulduzi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uelsning "Reksem" klubi xo‘jayinlari Rayan Reynolds va Rob Makelxenni Beylni futbolchilik faoliyatini davom ettirishga va jamoa bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirishga uringani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Aytish kerakki, Garet shu yilning yanvar oyida butsalarini mixga ilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!