Beyl nima qilsa "Real" bilan chiroyli xayrlashadi?

  • 09.04.2022 10:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uelslik hujumchi Garet Beylning “qirollik klubi”dagi faoliyati yaqin orada yakunlanishi haqida gapirdi.

"Garetning holati yaxshi, biz buni Uels terma jamoasida ko‘rdik. U buni klubda ham isbotlamoqchi. Agar u Santyago Bernabeu bilan chiroyli tarzda xayrlashsa, adolatdan bo‘lardi. Chunki u gollari, o‘yinlari va sovrinlari bilan ushbu klub tarixiga kirgan”, - dedi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, hujumchining madridliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Shuning uchun u yozda "Real"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Beyl joriy mavsum La Ligada 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!