
Beyl yangi jamoa topdi
2022 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashda o‘zining dubli bilan Uels terma jamoasini saralashning hal qiluvchi final bosqichiga olib chiqqan Garet Beyl mavsum yakunlanishi bilan Angliyaga qaytishga qaror qildi.
“Real” tarkibiga kiritilmagan hujumkor futbolchi yana o‘zi porlagan “Tottenxem”ni tanladi.
Manbaning ta’kidlashicha, tajribali o‘yinchi yaqinda “shporlar” bilan dastlabki shaxsiy shartnomani imzolab bo‘lgan.
Mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan 32 yoshli hujumchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi.
Garet Beyl “Real”ga kelgunga qadar “Tottenxem” tarkibida olti yil to‘p tepgan . O‘tgan chempionatning ikkinchi yarmida ham londonliklar uelslik yulduzni ijaraga olib o‘ynatdi.
Beyl “Tottenxem” uchun jami 237 marotaba maydonga tushib, 72 ta gol va 61 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar