Bilasizmi, "Nasaf" shartnoma imzolagan futbolchi Ispaniya chempionatida to‘p tepgan
Bu yilgi futbol mavsumida o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan "Nasaf" o‘z safini yana bir serb futbolchisi bilan to‘ldirdi.
Faoliyati davomida 14 ta mamlakat chempionatida ishtirok etib 150 ta gol urgan va o‘z vaqtida Serbiya tema jamoasi a’zosi bo‘lgan Andriya Kaluderovich bugun “Nasaf” jamoasiga kelib qo‘shildi. Andriya mavsum oxiriga qadar "ajdarlar" sharafini himoya qiladi.
To‘liq ismi: Andriya Kaluderovich
Tug‘ilgan vaqti: 05.07.1987.
Tug‘ilgan joyi: Bačka Topola
Yoshi: 34
Bo‘yi: 1,81 m
Millati: Serbiya
Amplua: Markaziy hujumchi
Ma’lumot uchun, hujumchi faoliyati davomida Ispaniyaning "Rasing" jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Andriya ispan klubida 2012/13 yillari to‘p tepib, 18 ta o‘yinda 3 ta gol urgan.

Fikrlar