Bilasizmi? Messi qatorasiga 11 mavsumdan buyon 35tadan kam gol urmayapti

  • 14.03.2019 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi kecha “Lion”ga (5:1) qarshi bo‘lib o‘tgan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.

31 yoshli futbolchining kechagi o‘yinda penaltidan kiritgan goli joriy mavsumdagi 35-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, Messi shu tariqa ketma-ket 11ta mavsumdan buyon 35tadan kam gol urmayapti. Bu esa Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar orasida rekord natija hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi “Barselona” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!